Bizning "IFIX" kompaniyamiz o'z faoliyatini 2014 yilda oq qora lazer printerlarga xizmat ko'rsatishdan boshlagan. Biz o'z ustimizda ishlab, rangli purkovchi printerlarga ham xizmat ko'rsatishni boshladik. Vaqt o'tishi bilan biz kompyuterlarni, noutbuklarni ta'mirlash xizmat turlarini yo’lga qo’ydik. Servisning asosiy yo'nalishi ofis jihozlariga texnik xizmat ko'rsatish, printerlar va nusxa ko'chirish mashinalarini ta'mirlash hisoblanadi. Epson kompaniya mas’ul xodimlari vodiyda o’z filiallarini ko’paytirish uchun printerlarni ta'mirlashga ixtisoslashgan kompaniyalar, firma va ustaxonalarni ko’rib chiqib bizning kompaniyamizni o’zlariga munosib deb topishdi. 2021 yilning aprel oyida Epson kompaniyasi tomonidan kafolati bor printerlar uchun bepul xizmat kursatish uchun sertifikatni qo’lga kiritdik. Bugungi kunda biz davlat tashkilotlari uchun hamda jismoniy shaxslar uchun o’z xizmatlarimizni taqdim etishga tayyormiz. Shartnoma tuzilgandan so'ng, bizning kompaniyamiz butun kompaniya bo'ylab ofis jihozlarining ish holatini nazorat qilish majburiyatini oladi.